O‘zbekiston | 23:52 / 13.09.2018
21680
2 daqiqa o‘qiladi

OTM to‘lov-shartnoma vositalaridan qancha mablag‘ tushishi kutilmoqda?

2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari to‘lov-shartnoma vositalaridan 1,8 trillion so‘m tushishi kutilmoqda. Kun.uz muxbiri Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

U raqamlar o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 48 foizga o‘sishi mumkinligini ta'kidladi. 2017-2018 o‘quv yilida OTMlarning to‘lov-shartnoma vositalaridan 1,21 trillion so‘m tushgan. 

O‘tgan o‘quv yili bazaviy shartnomadan tushgan pullar - 747 milliard so‘mni (bu yil - 940 mlrd so‘m kutilmoqda), oshirilgan qiymatdagi shartnomadan tushgan mablag‘lar esa 469 milliard so‘mni (650 mlrd so‘m) tashkil qilgan.

Oliy ta'lim muassasalari ikki baravar oshirilgan shartnoma qiymati hisobiga qo‘shimcha 210 milliard so‘mni qo‘lga kiritishadi. 

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu pul vositalari OTMlar hisobiga tushib, ularning keyingi rivojlanishi uchun sarmoya sifatida xizmat qiladi. 

Aziz Abduhakimov shuningdek yetarli o‘tish ballini to‘play olmagan abituriyentlarning superkontrakt evaziga OTMlarga qabul qilinishiga ham izoh berib o‘tdi. 

"Umuman olganda, men mutlaqo bilimsiz  abituriyentlarni OTMlarga qabul qilish tarafdori emasman, biroq agar inson ta'lim olish uchun oshirilgan to‘lov-shartnoma pulini to‘lay olsa-yu, o‘quv dasturini o‘zlashtirishni uddalay olmasa, birinchi sessiyadan keyinoq o‘qishdan chetlatiladi. Bu esa umuman noqobil abituriyentlarning diplom ola olmasligini kafolatlaydi", - dedi u. 

Mavzuga oid