Jahon | 20:29 / 17.09.2018
13644
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika prezidenti mamlakat bankrot holatida ekanligini aytdi

Meksikaning shu yil iyul oyida saylangan prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador mamlakatning bankrotligi haqida ma'lum qildi.

"Mamlakat bankrot holatida bo‘lganligi bois biz barcha so‘ralayotgan narsani bajara olmaymiz, ammo shunisi aniqki, kampaniya vaqtida bergan barcha va'damizni bajaramiz", – dedi Obrador Nayarit shtatida o‘z tarafdorlari bilan uchrashuv chog‘ida.

Avvalroq Obrador iqtisodiyotda muammolar borligini tan olgan, ammo makroiqtisodiy barqarorlik mavjudligini va iqtisodiy inqiroz yo‘qligini qayd etgandi.

Saylovoldi kampaniyasi davomida bo‘lajak prezident pensiya va yoshlar uchun ijtimoiy xarajatlarni keskin oshirish, amaldorlarga bo‘ladigan xarajatlarni qisqartirish, energetik islohotlarning borishini va uning doirasida tuzilgan shartnomalarni diqqat bilan tahlil qilish hamda benzin va elektr narxini oshirmaslikka va'da bergandi.

Mavzuga oid