O‘zbekiston | 10:22 / 18.09.2018
5366
1 daqiqa o‘qiladi

XUMSh uchun qishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqildi

Foto: KUN.UZ

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuzgi-qishki davrga (bundan keyin – KQD) o‘z vaqtida tayyorlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
 
Norma’ning yozishicha, tegishli tadbirlar shirkat a'zolarining umumiy yig‘ilishida muhokama qilinishi va tasdiqlanishi ta'kidlangan. Bunda tasdiqlangan ishlar rejasi va ularni bajarish jadvalini mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla), XUMSh uyushmasi va tuman (shahar) hokimligiga taqdim etishni nazarda tutuvchi normani kiritish taklif etilmoqda.    
 
KQDga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi uyboshilar, XUMSh boshqaruvi a'zolari va raisining zimmasiga yuklatiladi.

Loyiha rad etilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.

Mavzuga oid