O‘zbekiston AES qurilishida MAGATE tavsiyalariga rioya qilinishini bildirdi
Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh konferensiyasining 62-yillik sessiyasida ishtirok etmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Sessiya 17-21 sentabr kunlari Vena shahrida bo‘lib o‘tadi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston tomoni bosh konferensiya qatnashchilarini shu yilning 7 sentabr kuni Moskvada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida respublika hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangani hamda bu yo‘nalishdagi ishlar boshlangani haqida xabardor qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari loyihani amalga oshirishda MAGATE tavsiyalari va ushbu sohadagi xalqaro me'yor va qoidalarga qat'iy rioya qilinishi ta'minlanishini bildirdi.
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasining xabar qilishicha, MAGATE bosh konferensiyasining 62-yillik sessiyasida ishtiroki doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi MAGATE rahbariyati va boshqa davlatlar hamda kompaniyalar vakillari bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lib, mazkur kompleks 2ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt bo‘ladi. Atom elektr stansiyasi uchun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan. Uni 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
22:47 / 07.12.2024
Yaponiyada «Simane» AESining ikkinchi reaktori qayta ishga tushirildi
17:46 / 30.11.2024
Mislsiz radiatsiya va qurbonlar: Chernobil fojiasi qanday sodir bo‘lgandi?
16:33 / 25.11.2024