O‘zbekiston va Afg‘oniston do‘stlik jamiyatini tashkil etdi
18 sentabr kuni “O‘zbekiston-Afg‘oniston“ do‘stlik jamiyati tashkil etildi, deb xabar berdi O‘zA. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarida yangi davr” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida madaniy-ma'rifiy, iqtisodiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, delegatsiyalararo tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish tadbirning bosh mavzusi bo‘ldi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Afg‘oniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy, “O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati raisi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori Abdurahim Mannonov, olimlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qatnashchilar Afg‘onistonda 40 yildan ortiq vaqtdan beri notinch vaziyat hukm surayotganini, O‘zbekiston dunyo e'tiborini ushbu jarayonga qaratib, qo‘shni diyorda tinchlikka erishish orqali mintaqada barqaror taraqqiyotga erishish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelayotganini qayd etishdi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, tashkil qilingan “O‘zbekiston-Afg‘oniston” do‘stlik jamiyati xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
17:13 / 25.12.2024
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024