Fan-texnika | 08:19 / 21.09.2018
4395
2 daqiqa o‘qiladi

Google foydalanuvchilar xatlaridan ma'lumot to‘plash imkonini yaratgan - WSJ

Foto: REUTERS

Google korporatsiyasi vakillarining ma'lum qilishicha, boshqa ilovalar ishlab chiquvchilariga Gmail pochta xizmatida foydalanuvchilar maktublarini tahlil qilish va olingan ma'lumotlarni boshqa kompaniyalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyati berilgan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

Korporatsiya vakillari amerikalik senatorlarga yo‘llangan maktubda shunday bayonot berishdi - senatorlar Google’dan foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlarining ehtimoliy sizib chiqishi imkoniyatlari haqida so‘rashgan. Maktubda aytilishicha, korporatsiya boshqa ilovalar ishlab chiquvchilariga foydalanuvchilar xatlarini skanerdan o‘tkazishga hamon imkoniyat yaratib bermoqda, garchi Google’ning o‘zi bundan o‘tgan yilning yozida voz kechgan.

«Boshqa ilovalar ishlab chiquvchilari foydalanuvchilar ma'lumotlarini begona ishlab chiquvchilar bilan bo‘lishishi mumkin, bunda ular foydalanuvchilarga ma'lumotlaridan qanday foydalanilayotgani haqida ochiq aytishlari darkor», - deyiladi Google’dagi oshkoralik siyosati bo‘yicha vitse-prezident Syuzen Molinarining bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga qidiruv sahifasi logotipini o‘zgartirgandi.

Mavzuga oid