Jamiyat | 08:21 / 22.09.2018
8122
1 daqiqa o‘qiladi

“Samarqandshahargaz” sobiq xodimi firibgarlik qilib qo‘lga tushdi

Majburiy ijro byuroning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan fuqaro A.Axmedovning arizasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda KUN.UZ'ga Respublika MIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tekshirishlarda “Samarqandshahargaz” sobiq xodimi A.Q. “Xo‘jaqishloq” mahallasida yashovchi fuqaro A.Ahmedovni aldab uning ishonchiga kirib, xonadoniga tabiiy gaz hisoblagich o‘rnatish, xonadon gaz loyihasini tuzish va hisoblagichni markazlashgan bazaga kiritib berish evaziga 600.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘ldi.

Firibgarlikka qo‘l urgan A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda 1-qism bilan ayb e'lon qilinib, hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.

Mavzuga oid