Sport | 21:13 / 25.09.2018
3481
1 daqiqa o‘qiladi

Afonin «Orenburg» bilan Rossiya Kubogi 1/8 finaliga chiqdi

Rossiya Kubogida 1/16 finaldan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Orenburg» safarda 3-divizion vakili Barnaulning «Dinamo» klubi bilan bellashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada hamyurtimiz Vadim Afonin jamoadoshlari keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Orenburg»ning 1/8 finaldagi raqibi qur'a natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Rossiya Kubogi, 1/16 final
25 sentabr

«Dinamo Barnaul» – «Orenburg» - 0:2
Gollar:
 Galajan, 43 - 0:1, Kozlov, 80 - 0:2.

Mavzuga oid