Skripal NATOning 4 davlati razvedkasiga ishlagan - OAV
NATOning Aksilrazvedka bo‘yicha qo‘shma qo‘mondonligidagi (ACCI) manbaning ma'lum qilishicha, Solsberida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal alyansga a'zo to‘rtta davlat razvedkasiga ishlagan. Bu haqda Focus yozmoqda.
Manba so‘zlariga ko‘ra, NATO razvedka xizmatlari bilan Skripalning hamkorligi 2017 yilgacha davom etgan. Shu bilan birga, u ularga boshqa mamlakatlar hududida faoliyat ko‘rsatuvchi rossiyalik josuslar haqida ma'lumot berib kelgani aytiladi.
Avvalroq, Skripal Chexiyaga yashirin tarzda tashrif buyurgani va kamida bir marta Buyuk Britaniya hududida Chexiya maxsus xizmatlari vakillari bilan uchrashgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Skripallar ishi bo‘yicha uchinchi gumonlanuvchi aniqlangani, u ham GRU xodimi ekani haqida ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34 / 26.12.2024
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27 / 26.12.2024
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30 / 26.12.2024