Xitoylik go‘dakning ko‘zida 11 ta qurt topildi
Xitoylik shifokorlar go‘dak bolaning ko‘zida 11 ta tirik parazit aniqlashdi. Ushbu parazitlarni olib tashlash videosi Daily Mail tomonidan taqdim qilingan.
Video Sian shahrida suratga olingan. 5 oylik Dun-Dun ismli o‘g‘il bolaning onasi farzandi ko‘zini tinmay ishqalayotganidan keyin uni markaziy shifoxonaga olib borgan. Shifokorlar bolakayning ko‘zini tekshirishganda, uning sirtida va pastki qovog‘i ostida ko‘plab nematod qurtlarini aniqlashgan.
Shifokorlar qisqichlar yordamida bolaning ko‘zidan 11 ta qurtni olib tashlashgan. Operatsiya 21 daqiqa vaqt olgan. Chiqarib olingan qurtlar infeksiyaning kelib chiqishini aniqlash maqsadida laboratoriyaga jo‘natilgan. Hozirda bolakay shifoxonada qolmoqda.
Shifokorlar bolaga “telyazioz” – ko‘zlarning Thelazia callipaeda turidagi qurtlar tomonidan shikastlanishi tashxisini qo‘yishgan. Bu infeksiya odamlar, mushuklar va itlarda uchraydi. Bolaning onasi uyida hayvonlar boqmasligini, biroq farzandi qo‘shnilarning uy jonzotlari bilan aloqa qilganini ko‘rganini aytgan.
Ushbu turdagi qurtlar birinchi marta 1910 yilda Xitoyda it ko‘zida aniqlangan. Odatda qurt tuxumlari ko‘zga Phortica variegata turidagi pashsha tomonidan tushadi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
16:29 / 16.09.2024