Fan-texnika | 00:12 / 20.10.2018
10318
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompyuterlari eng ishonchli deb topildi  

Samsung kompyuterlari ishonchlilik bo‘yicha boshqa kompaniyalarnikidan ustunroq ekanligi aniqlandi. Bunday ma'lumotlar Rescuecom kompaniyasi reytingida keltirilgan

Kompaniya AQShda kompyuter texnikasiga servis xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, 2017 yilda Samsung texnikasi bu borada Apple kompyuterlaridan ortda qolib, ko‘proq ta'mirlangan. 

Biroq 2018 yilda vaziyat o‘zgarib, Samsung AQSh kompyuter bozorining 6,4 foizini egallashga erishgan. Apple’ga esa bozorning 12,7 foizi tegishli. Samsung texnikasini 1,63 foiz holatlarda, Apple’nikini esa 8,7 foiz holatlarda ta'mirlashga to‘g‘ri kelgan. 

Ta'kidlash joizki, Apple reytingning 2-pog‘onasini ham egallay olmagan. Uning texnikasi Lenovo’nikidan (5,9 foiz holatlarda) ham ko‘proq marta ta'mirlangan. Reytingning 4- va 5-pog‘onalarini esa Dell va Microsoft kompyuterlari egallagan.

Rescuecom ishonchlilik borasida HP, Acer va Asus kompyuterlarini eng yomonlari deb topgan. Mutaxassislarning fikricha, bu ishlab chiqaruvchilar arzon butlovchi qismlar qo‘llashadi, bu esa bir qator holatlarda kompyuterni ta'mirlashdan ko‘ra yangi texnikani sotib olishni ma'qulroq qiladi.

Mavzuga oid