Sport | 11:52 / 20.10.2018
21271
2 daqiqa o‘qiladi

UFC rahbari Nurmagomedov va Meyuezer jangi haqida gapirdi

Foto: AP Photo/John Locher

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Deyna Uayt amerikalik bokschi Floyd Meyuezer va aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi. Uning so‘zlari ESPN tomonidan keltirilgan.

«Bularning bariga e'tibor bermang. Floyd tomonidan bizga hech kim murojaat qilmadi. Nurmagomedovda esa UFC bilan amaldagi shartnoma bor», - deb tushuntirdi u.

18 oktabr kuni 41 yoshli bokschi MMA vakili bilan jangni moliyaviy nuqtai nazardan foydali, deb bilishini bildirdi. U irlandiyalik jangchi Konor Makgregor bilan yana jang qilishga tayyorligini aytgan.

17 oktabr kuni Meyuezer Nurmagomedovning chaqirig‘iga javob qaytardi. 30 yoshli rossiyalik jang qilish taklifi bilan ijtimoiy tarmoqlarda yengilmas bokschiga murojaat qildi. Shu bilan birga, Nurmagomedov jangning shaklini aniq ko‘rsatmadi.

7 oktabr kuni Nurmagomedov UFC’ning yengil vazndagi chempioni nomini himoya qildi. Rossiyalik Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi.

Nurmagomedov 27 jangda 27 marotaba g‘alaba qozongan. 41 yoshli Meyuezer ham o‘z professional faoliyati davomida hech qachon taslim bo‘lmagan, u 50ta g‘alabani qayd etgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meyvezer Nurmagomedov bilan jang uchun juda katta pul olmoqchi ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid