Sport | 00:55 / 10.11.2018
11335
1 daqiqa o‘qiladi
APL oktabr oyining eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi
«Arsenal» hujumchisi Per-Emerik Obameyang Angliya Premer-Ligasida oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Gabonlik to‘purar o‘tgan oyda 3ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan edi.
Qayd qilinishicha, Obameyang so‘nggi uch yarim yil ichida «Arsenal»ning bunday e'tirofga erishgan ilk futbolchisi bo‘ldi. Oxirgi marta 2015 yil mart oyida Olive Jiru eng yaxshi deb topilgan edi.
Obameyang sovrin uchun kurashda Ross Barkli («Chelsi», 3 gol + 3 uzatma), Fernandino («Manchester Siti», 1+1), Antoni Marsial («Manchester Yunayted», 4+0), Metyu Rayan («Brayton», 17 seyv) va Kallum Uilsonni («Bornmut», 3+2) ortda qoldirdi.
Mavzuga oid
11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi
13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i
22:07 / 16.08.2024
APLda yangi mavsum boshlanmoqda. Kuchli to‘rtlikda o‘zgarishlar bo‘ladimi?
17:11 / 27.04.2024