Jamiyat | 14:14 / 13.11.2018
6901
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda hojilar tomonidan 3.3 mlrd. so‘mlik xayriya qilindi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 12 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan brifing o‘tkazildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan yig‘ilganlarga quyidagilarni ma'lum qildi:

– «Haj-2018» mavsumi ko‘tarinki ruh, islohotlarga boy shakl va mazmunda yakunlandi. Birgina shahzoda Faysal ibn Salmon tomonidan o‘zbekistonlik ziyoratchilar eng tartibli hojilar, deb e'tirof etilishi nafaqat ziyoratchilarimiz, balki xalqimiz va jamoatchiligimiz uchun xushxabardir.

«Haj-2018» mavsumi yakunlandi, ammo hojilarning xayrli ishlari to‘xtab qolgani yo‘q. Joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita  va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xodimlari tarkibidagi ishchi guruh tamonidan 2018 yilda Haj safariga borgan hojilarimizning yurtga qaytgandan keyingi faoliyatini o‘rganildi.

Hojilar tomonidan amalga oshirilgan ma'rifiy suhbatlar 19,676 tani tashkil etib, ular tomonidan 1.6 mlrd. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Kam ta'minlangan oilalarga berilgan moddiy yordam miqdori 2.38 mrld. so‘mni tashkil etib, 8,914 ta ijtimoiy ko‘mak amalga oshirilgan. Shuningdek, notinch, noqobil oilalarni yaxshilash bo‘yicha 14 mingga yaqin suhbat tashkil etilib, mahallalarda o‘tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar soni 50 mingga yaqin bo‘ldi.

Aholi uchun qilingan xayriya ishlari 3.3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan mana shunday xayrli tadbirlarda hoji onalar ham faol ishtirok etib, ular tomonidan 10,661 ta bid'at-xurofotga qarshi, 12,590 ta oila mustahkamligi bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Mavzuga oid