O‘zbekiston | 15:45 / 16.11.2018
8707
2 daqiqa o‘qiladi

Eksport qiluvchilarga soliq imtiyozlari berilishi mumkin

Foto: Dreamstime

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari taklif etilmoqda, deb yozadi Norma.
  
Xususan, 2019 yil 1 yanvardan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumda eksport ulushi 15%dan ortiq bo‘lgan (sh.j. vositachi, vakil orqali) yuridik shaxslarga quyidagilar bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish imkoni berilishi mumkin:

• tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda qismida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
• tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilish hajmi bo‘yicha yagona soliq to‘lovi.
 
Ushbu imtiyozlar hozir ishlab chiqilayotgan Soliq kodeksining yangi tahririda o‘z aksini topishi lozim. Biroq ular alohida ro‘yxatdagi xom ashyo tovarlari eksportiga, shuningdek xalqaro tashish hamda quvurlar va gaz quvurlarini tashish xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
 
Imtiyozlarni qo‘llash natijasida bo‘shagan mablag‘lar penya hisoblagan holda byudjyetga undirilishiga olib keladigan quyidagi hollarni qonunbuzarlik deb hisoblash taklif etilmoqda:

• tovarlar (ishlar, xizmatlar) qonun hujjatlariga muvofiq eksport qilinganligi dalillarining hujjatli tasdig‘i mavjud emasligi;
• tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun davomida valyuta tushumi tushishining ta'minlanmaganligi.

Mavzuga oid