Sport | 23:05 / 17.11.2018
17439
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» Mbappeni qo‘lga kiritishi mumkin

«PSJ» klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun UYeFA tomonidan jazolanishi mumkin.

Avvalroq, Football Leaks portali parijliklar tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidalarini aylanib o‘tish uchun hiyla ishlatilgani haqidagi ma'lumotlarni chop qilgan edi.

Diario Gol xabariga ko‘ra, agar UYeFA «PSJ»ni jazolasa, «Barselona» hujumchi Kilian Mbappeni xarid qilishga urinib ko‘radi. Chunki, katta miqdordagi jarimani to‘lash chun parijliklarga yetakchilaridan birini sotishga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe «PSJ» tomonidan 2017 yilda «Monako» klubidan 180 million yevroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olingan edi.

Mavzuga oid