Peterburgda o‘zbekistonlik aka-uka pichoqlab ketildi
Peterburgda O‘zbekistondan kelgan aka-uka migrantlar noma'lum shaxslar tomonidan pichoqlab ketildi.
Rossiya IIVning Sankt-Peterburg bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 23 noyabrdan 24 noyabrga o‘tar tunda Peterburgda migrantlarga hujum qilingan.
O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan aka-uka migrantlar Aleksandrovskiy shifoxonasiga tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lishdi. Aka pichoq bilan yetkazilgan ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Oyog‘idan jarohat olgan ukasi uyga qo‘yib yuborilgan. Aka-ukaga hujum qilganlar hozirda qidirilmoqda. Jinoiy ish ochildi.
Jabrlanuvchilarga nisbatan Rossiya hududiga kirish qoidalari buzilgani uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujum holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, jinoyatchilar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qidirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peterburgda o‘zbekistonlik ayol sud qilinishi, u o‘z farzandini sotib yuborgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:04 / 25.12.2024
Rossiyada 20 yil oldin bedarak yo‘qolgan jurnalistning qoldiqlari topildi. Uni militsiya polkovnigi o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
16:22 / 06.12.2024
Rossiya Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligini yopadi
08:50 / 27.11.2024