Jahon | 00:07 / 29.11.2018
11718
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda aviazarba oqibatida bir oilaning 30 a'zosi halok bo‘ldi 

Foto: EPA\UPG

Afg‘onistonning Gilmend viloyatida hukumat kuchlarining aviazarbasi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TOLOnews telekanali ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, aviazarba 27 noyabrda “Tolibon” jangarilarining Garmsir tumanida joylashgan qishloqdagi pozitsiyalariga berilgan. Hujum oqibatida jangarilar bilan birga tinch aholi vakillari ham halok bo‘lgan. 

Mahalliy fuqarolardan birining aytishicha, barcha qurbonlar bir oilaning a'zolari bo‘lgan. Oiladan faqat bir kishi – o‘smir tirik qolgan. U viloyatdagi markaziy shifoxonaga yetkazilgan.

Mavzuga oid