Xitoylik erkak falajlangan onasini 15 yil orqasida opichlab yurdi
Xitoylik 37 yoshli erkak ish topish ilinjida u shahardan bu shaharga 15 yil orqasida falajlangan onasini opichlagancha kezib yurib, onaizoriga bo‘lgan cheksiz muhabbati va sadoqatini namoyish qildi.
Van Syantsyan ismli bu erkak falajlangan onasini parvarishlagan otasi 2003 yilda vafot etgandan keyin barcha ishlarini tashlab, ona qishlog‘iga qaytib, onasiga g‘amxo‘rlik qila boshlagan.
U yangi ish izlab onasi bilan shaharma-shahar kezib yurishiga to‘g‘ri kelgan. Bo‘yi 1,5 metr keladigan erkak dengiz kasalligining og‘ir shaklidan aziyat chekkani sababli avtomobilda yura olmaydigan onasini orqasida olib yurishiga to‘g‘ri kelgan.
Van ish topish maqsadida past maoshga ham rozi bo‘lgan, biroq onasiga ovqat tayyorlash va oz vaqtga bo‘lsa ham toza havoga olib chiqa olishga imkoni bo‘lishi uchun ish beruvchilardan bemalolroq ish jadvali belgilab berishlarini iltimos qilgan. Shu sababli erkakni “juda ko‘p narsani istayotganlikda” ayblab, unga muntazam rad javobi berishgan. Van 2015 yildagina bir yilda 6 oygina ishlovchi tikuvchilik fabrikasida o‘ziga to‘g‘ri keladigan ishni topa olgan.
Fabrika navbatdagi marta ishdan to‘xtab turganda ona va o‘g‘il qishloqlariga qaytishga qaror qilishgan. U yerda ularga qishloqdoshlari yordam qo‘lini cho‘zishgan. Qishloq kengashi Vanga farrosh bo‘lib ishlash imkonini bergan va onasi bilan ikkoviga hukumat tomonidan subsidiyalanuvchi, ular uchun maxsus qurilgan uy taqdim qilgan.
Vanning voqeasi Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini to‘lqinlantirib, ular uning onaizoriga nogironlar aravachasi sotib olish uchun pul yig‘ishga qaror qilishgan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023