Jamiyat | 13:56 / 04.12.2018
112864
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Husnbuzar va yog‘li yuz terisining universal davosi topildi

Foto: Biokon

Ko‘pchilik uchun yoqimsiz holat bo‘lgan yuzdagi husnbuzarlardan qutulish uzoq vaqtni talab etadi. Bunday teri buzilishidan aziyat chekadiganlarning ko‘pchiligi davolash davrining uzoqligi sababli undan bezor bo‘lishadi va unga taslim bo‘lishadi.

Afsuski, hozirda kosmetika bozorida mavjud vositalar bunday holatlarni butunlay bartaraf etishga qodir emas. Xo‘sh, unda yuzdagi husnbuzar va qora nuqtalardan qanday xalos bo‘lish mumkin? Qanday qilib qisqa muddatda vrach huzuriga bormasdan yog‘li yuzni normal holatga keltirish va mukammal yuz terisiga ega bo‘lish mumkin?

Akne, ya'ni, husnbuzar toshishi — har qanday yoshda duch kelish mumkin bo‘lgan jiddiy muammo. Bunda husnbuzar nafaqat jismoniy (og‘riq, ba'zan esa qonashi), balki ruhiy noqulaylik ham tug‘diradi: ko‘pchilik odamlarda husnbuzar tufayli suhbatlashishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, kishi o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi, kishida ruhiy murakkabliklar rivojlanadi. Shuning uchun husnbuzarlardan xalos bo‘lish — nafaqat salomatlik, balki hayotdagi muvaffaqiyatga erishishga ham tegishli masala. Shuningdek, ushbu teri xastaligi insonning ulg‘ayish jarayonida muhim palla hisoblangan o‘smirlik davrida vujudga kelishi ko‘pchilikda ruhiy iztiroblarni keltirib chiqaradi.

Foto: Biokon

Gormonal muvozanat o‘zgarishi va gormonlarning buzilishi har qanday yoshlarda kuzatilishi mumkin. Aksariyat yoshlar husnbuzarlar va dog‘lar tufayli oddiy suhbatda yoki atrofidagilar bilan muomala qilishda qiyinchiliklarga, noqulay vaziyatlarga duch kelishi va bu holat ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, mavjud stress oqibatida yoshlarning ruhiy holatida agressivlik va tez ta'sirlanish yoki tez jahl chiqishi kuzatiladi. Ular ushbu muammoni juda tez bartaraf etishga urinishadi. Fiziologik o‘zgarishlar doim ham yoqimli bo‘lmagani uchun, ruhiy holatga salbiy ta'sir o‘tkazishi tabiiy hol.

Shuning uchun husnbuzarlardan xalos bo‘lish — nafaqat salomatlik, balki yoshlarning muvaffaqiyatga erishishiga ta'sir ko‘rsatadigan muhim masala hisoblanadi.

Foto: Biokon

Davo terapiyasi va kosmetika

«Husnbuzarlardan qanday xalos bo‘lish mumkin?» — degan savolga eng ideal javob hayot tarzini o‘zgartirish degan javobdir. Ammo, shu bilan birga, yuz parvarishi ham juda muhim. Shuning uchun, bunday muammolarni hal etadigan maxsus preparatlar yordamida davolanishni maslahat beramiz. Misol uchun,  Biokon «Problemnaya koja» ( Biokon «Muammoli Teri») aktiv-kremi — husnbuzar toshgan terini parvarish qilish, ya'ni yog‘ bezlari yo‘llarini berkitib turgan tiqinlarni yo‘q qilish va ularning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik asosida ishlovchi dori vositasidir. Uning tarkibidagi aktiv komponentlar va ionli kumush moddasi yallig‘langan yuz terisini quruqlashtirib, yuzdagi ixtiyoriy o‘zgarishlarning oldini oladi va yuzni yanada tiniqlashtiradi.

Ushbu vosita ijobiy ta'sirlari quyidagilardan iborat:

- husnbuzar paydo bo‘lishi oldini oladi va ularning yo‘qolishiga yordam beradi;

- yog‘li kanallarda keratinizatsiyani normallashtiradi;

- bakteriyalar ko‘payishiga faol ravishda qarshilik ko‘rsatadi;

- teri ko‘rinishi va rangini yaxshilaydi.

Hozirgi kunda «Biokon», «Problemnaya koja» mahsuloti juda ham hamyonbop bo‘lib, O‘zbekistonda ham keng tarqalgan va husnbuzarlardan aziyat chekib kelayotgan yuzlab bemorlarni hayratda qoldirib kelmoqda! Bu mahsulotni O‘zbekiston bo‘ylab barcha dorixonalardan xarid qilishingiz, yoki ushbu mahsulotning eksklyuziv distribyutori rasmiy veb-sahifasi orqali buyurtma qilishingiz mumkin.

Foto: Biokon

«Biokon»ning yog‘li teri parvarishi uchun maxsus ishlab chiqilgan vositalari 3 xil va har biri yog‘li yuz terisi parvarishida har xil vazifani bajaradi. Shu bois, ularning barchasidan bir vaqtning o‘zida foydalanilsa, juda tez samara beradi. Yuz teringiz, husnbuzarlar va aynan sizga mos keladigan husnbuzarga qarshi mahsulotlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlarni veb-yo‘llanmasi orqali hamda «Biokon» mutaxassislaridan telefon orqali olishingiz mumkin!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid