Light | 14:48 / 07.12.2018
9671
4 daqiqa o‘qiladi

Iste'dod talab etmaydigan ko‘nikmalar

Iste'dodli kishilar hamma sohada ana shunday qobiliyat egasi deb hisoblaysizmi? Bu har doim ham ana shunday emas. Maqsadlarga erishish uchun iste'dod talab etilmaydigan ayrim xususiyatlarga ega bo‘lishning o‘z yetarli. Ularni rivojlantirish uchun esa biroz mas'uliyat va e'tibor talab etiladi.

Foto: Unsplash

Intizomlilik

Vaqt – zamonamizning qimmatli resurslaridan biri. O‘z vaqtingizni ham, atrofdagilarning vaqtini ham qadrlashni o‘rganing. Aynan shu jihat sizni kech qolmaslikka undaydi. O‘z-o‘zingizga rostini ayting-chi, uchrashuvga yetib borish uchun qancha vaqt ketadi. Aynan o‘sha vaqtni asos qilib oling.

Kasbiy axloq

Har bir kasbning o‘z axloq qoidalari bo‘ladi. Faqat haqiqiy professionallargina uyga ketishni intizorlik bilan kutib o‘tirgan bo‘lsalar-da, ularga so‘zsiz amal qilishadi. Mijozlar bilan munosabat, sarf etiladigan materiallar va boshqalar – bularni aynan siz bilasiz. O‘z ishingizni sifatli bajaring va uni shaxsiy hayot bilan aralashtirmang.

Foto: Unsplash

Harakatlar

“Shuyam bo‘laveradi” iborasi yodingizdami? Aynan shu yo‘nalishda o‘ylar ekanmiz, hech narsaga erishmaymiz. Ba'zida eng yaxshi natijaga erishish uchun biroz harakat yetishmaydi. Natijada ko‘ngildagidek mahsulotga ega bo‘lmaymiz. O‘z-o‘zimiz va atrofdagilardan hafsalamiz pir bo‘ladi. Sizdan talab etilganidan yaxshiroq bajarishga harakat qiling.

Imo-ishoralar

Nigohini olib qochadigan va qo‘llarini cho‘ntagiga solgan holatda suhbatlashadigan odam bilan muloqot qilish yoqimli deb o‘ylaysizmi? Bunday belgilar ishonmasligingiz kerakligini anglatadi. Nafaqat tilingiz, balki imo-ishoralarga ham e'tibor bering. Ko‘zingizga qarab, yuzida samimiy tabassum bilan, qaddini tik tutib turgan kishi bilan muloqot qilish ancha yoqimliroq.

Quvvat

Energiya qanday paydo bo‘lib, qayerga ketishi yodingizdami? Biz uni ijobiy tuyg‘ular, foydali ovqat, yaqinlar bilan muloqot, sayohat, sport bilan shug‘ullanish, to‘laqonli uyqu va xobbidan olamiz. O‘zingizga yoqmagan ish, hordiqning yetishmasligi, noto‘g‘ri ovqatlanish va boshqalar uni darhol olib qo‘yadi.

Foto: Unsplash

O‘z-o‘zimizni his qilish

O‘zingizni qanday his qilyapsiz? Oqim bo‘ylab sekin suzyapsizmi? Yoki o‘z hayotingizni o‘zingiz qurishingizga ishonasizmi? Ikkinchi variantni tanlaganingizda o‘zingizni ijobiy to‘lqinga sozlaysiz va hayotingiz hamda baxtingiz uchun mas'uliyatni o‘z bo‘yningizga olasiz. Har bir ishdan kamchilik qidiravermang, ana o‘shanda bari o‘z-o‘zidan muvaffaqiyatli amalga oshadi.

Qiziqish

Agar biror ishga qiziqish va ishtiyoqingiz bo‘lsa, bari muvaffaqiyatli kechadi. Bu yangi shartnomani imzolash, uchrashuv yoki oddiy kompyuter o‘yini bo‘lishi mumkin.

O‘rganish

Umr bo‘yi biror narsani o‘rganishimiz kerak. O‘z-o‘zimizga bilim ko‘rinishidagi sarmoyani kiritish – muvaffaqiyat garovi.

Keragidan ortiq

Ishmi? Ortig‘idan biroz ko‘prog‘ini bajaring. Kiyimmi? Majburiysidan yaxshirog‘ini tanlang. Barcha sohalarda ana shunday. Qiziqish, ishtiyoq va qat'iyat hayotni batamom o‘zgartiradi.

Foto: Unsplash

Tayyorgarlik

Hayotimiz ba'zida juda o‘zgaruvchan va oldindan aytib bo‘lmaydigan ko‘rinishda kechadi. U aynan shu bugun barini o‘zgartiradigan imkoniyatni taqdim etishi mumkin. Siz esa unga tayyor bo‘lmay qolasiz. Imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslik uchun – tavakkal qiling. O‘ylagan maqsadlaringizni amalga oshirish uchun doim shay turing.

Mavzuga oid