O‘zbekiston | 13:03 / 07.12.2018
19825
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax akkumulyator zavodini xususiylashtirish boshlandi

Foto: uzavtosanoat.uz

Jizzax akkumulyator zavodining aksiyalari «Toshkent» Respublika fond birjasida sotila boshlandi.

Sotuvga bir aksiya uchun 1012 so‘mlik nominal qiymat bilan 74,5 mln aksiya qo‘yildi.

Iyun oyida prezident Shavkat Mirziyoyev korxonani yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror imzoladi. Choralar ichida xorijiy investorlarga ustav fondidagi nazorat to‘plamini sotish ham bor.

Xususan, «O‘zavtosanoat» davlat kompaniyasiga tegishli bo‘lgan zavod aksiyalarining 51,78 foizi belgilangan tartibda xorijliklarga sotiladi. Shu munosabat bilan kompaniyaga to‘plamning bozor narxini aniqlash va uni birja savdolariga qo‘yish topshirig‘i berilgandi, aynan shu hozir yuz beryapti.

Bu hukumat yirik korxonalarni aksiyalarini birjada sotish hisobidan sog‘lomlashtirishga qaror qilayotgan birinchi holat emas - yanvar boshida Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Co.Ltd kompaniyasi «Urganch ekskavator» zavodi aksiyalari 51 foizini sotib olishi ma'lum bo‘ldi. May oyida aksiyalar chiqarildi.

Jizzax akkumulyator zavodi Energy, Atlant, Classic, Hoppenergy savdo belgilari ostida akkumulyator batareyalari hamda boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi. 

Mavzuga oid