5 kunda 2,6 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi
Joriy yilning 3 dekabrdan 7 dekabrgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 703,8 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, deb xabar bermoqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 695,8 mlrd so‘mdan 599,6 mlrd so‘mga tushdi. Sotuvlar bo‘yicha birinchi o‘rinni qurilish materiallari 18,2% bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda neft mahsulotlari joylashgan bo‘lib, birja bozorining 15,9%ni egalladi. Keyingi o‘rinlardan chorvachilik uchun yem 13,1% ulush bilan, 9,0% ulush bilan paxta tolasi joylashdi.
Avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksion
O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 629 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,6 milliard so‘mdan oshdi.
Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 22% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48% ikkinchi va 30% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 22%ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avtohavaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona viloyatining avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 56%ga teng.
Mavzuga oid
09:32
O‘zbekistonda avtoraqam 1 mlrd so‘mdan ortiqqa sotildi
19:59 / 18.12.2024
Toshkentda yo‘lbo‘yi avtoturargohlarini tashkil etish uchun boshqa kompaniya tanlandi
01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
18:43 / 16.08.2024