Sport | 18:50 / 18.12.2018
17391
2 daqiqa o‘qiladi

Messiga beshinchi «Oltin butsa» topshirildi

Foto: Squawka

Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga «Oltin butsa» sovrinini topshirdi.

Messi 2017/18 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionati o‘yinlarida 34 gol urishga erishgan.

Bu Messi uchun beshinchi «Oltin butsa» bo‘ldi. U 2009/10 (34 gol), 2011/12 (50), 2012/13 (46) va 2016/17 (37) yilgi mavsumlarda ham qit'aning eng yaxshi to‘purari sifatida taqdirlangan.

Bu borada rekordchiga aylangan argentinalik hujumchi «Yuventus» hujumchisi, 4 bor «Oltin butsa» egasiga aylangan Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Boshqa hech bir futbolchi bu mukofotni 2 martadan ortiq qo‘lga kiritmagan.

«Oltin butsa» - Yevropa chempionatlarida mavsumning eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan sovrin. Bu sovrin 1968 yildan 1991 yilgacha gollar soni bo‘yicha berilgan. 1992 yildan 1996 yilgacha sovrin topshirilmagan, 1997 yildan esa qayta tiklangan, lekin yangi qoidalar bo‘yicha. Endi gollar chempionatlar koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi.

Mavzuga oid