Jahon | 18:51 / 20.12.2018
11507
2 daqiqa o‘qiladi

Benksining yangi asari: Qor yeyayotgan bolakay

Foto: AP

Mashhur ko‘cha rassomi Benksi Instagramdagi sahifasiga yangi graffitisi tasvirga muhrlangan videoni joylashtirdi. Ijodiy ish Uelsdagi Port-Tolbot shahri binolarining biri devoriga chizilgan.

Videorolik fonida bolalarning qor haqidagi qo‘shig‘i yangrab turibdi, graffitining bir qismida qor parchalarini tili bilan tutayotgan bolakay tasvirlangan. Ijodiy ishning ikkinchi yarmi esa mayda oq parchalar qor emas, aslida chiqindi kuli ekanini ko‘rsatib turadi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Banksy (@banksy) on

OAVda rassomning aynan shu hududni tanlagani sabab qilib shaharning Buyuk Britaniyadagi eng iflos shaharlardan biriligi taxmin qilinmoqda, chunki videorolik Port-Tolbotdagi Tata Steel po‘lat quyish zavodi tasviri bilan tugaydi.

Graffiti chizilgan garaj egasining so‘zlariga ko‘ra, u Benksining rejalaridan xabardor bo‘lmagan, voqeadan esa Feysbukdagi suratlarni ko‘rgach xabar topgan. Keyinchalik, Port-Tolbot shahri kengashi zamonaviy san'at asarini himoya qilish maqsadida garaj atrofini metall himoya bilan chegaralab qo‘ymoqchi.

Ma'lumot uchun, Benksining tasviriy asarlari zamonaviy san'at namunasi sifatida yuksak qadrlanadi. Uning tasvirlarida siyosat va jamiyatga oid masalalar tanqid bo‘yoqlari ostiga olinadi. Benksining «Pufak tutgan qiz» asari auksionda 1,4 million dollarga sotib olingani va shundan so‘ng Shrederda maydalanib ketgani katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid