Light | 19:15 / 24.12.2018
15644
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zingiz payqamagan muvaffaqiyatga erishganingizning 25 ta belgisi

Kishining barcha ishlari joyida, biroq o‘zini shunda ham baxtsiz his etadigan holatlar bo‘ladi. Bu maqola aslida ishlaringiz u qadar yomon emasligini tushunishda yordam beradi.

«O‘zingni o‘zgalar bilan taqqoslama!», «Boshqalarga hasad qilma!» deya doimiy ravishda takrorlaymiz

Axir qanday qilib hasad qilmaysiz, qo‘shningiz mashinasini yana almashtirdi, hamkasbning lavozimi ko‘tarildi. Shundaymi?

Bunday holatda o‘zingizni navbatdagi «yeb bitirishdan» tiyish mushkul. To‘xtang-to‘xtang. Bor-yo‘g‘i to‘xtash, haqiqiy muvaffaqiyatlaringizni baholash kifoya. Ana o‘shanda hayot yana yorqin tus oladi. A'lo darajada yashayotganingizni anglashda yordam beradigan ro‘yxat quyidagicha.

·       Oiladagi munosabatlaringiz avvalgiga qaraganda ancha xotirjam tus oldi.

·       O‘zingiz istagancha pulga ega emassiz, biroq to‘laqonli hayot kechiryapsiz.

·       Yordam va ko‘mak so‘rashdan qo‘rqmaysiz.

·       Uyga katta zavq bilan qaytasiz.

·       O‘z talablaringizni doimiy ravishda oshirib borasiz.

·       Sizga yashashda xalaqit beradigan narsalardan xalos bo‘lgansiz.

·       Ko‘zgudagi aksingiz sizga yoqadigan paytlar bo‘ladi.

·       Ichki tanqidchingizga qarshi turasiz va ijobiy fikrlarni afzal bilishga o‘rgandingiz.

·       Siz uchun istalgan narsani amalga oshirishi mumkin bo‘lgan odamlar doirasi bor.

·       Muvaffaqiyatsizlik va to‘siqlar rivojlanish jarayonining bir qismi ekanini tushundingiz.

·       «Sizni yaxshi ko‘raman» jumlasini eshitasiz.

·       O‘zgartira olmaydigan narsalaringizni qabul qilasiz, qabul qila olmaydigan narsalarni o‘zgartirasiz.

·       Siz boshqa shikoyat qilmaysiz, buning o‘rniga diqqatingizni harakatlarga qaratasiz.

·       Ota-onangizni ayblamaysiz, ularni borliklaricha qabul qilasiz.

·       Siz o‘zgalar siz haqingizda nima deb o‘ylashlari haqida xavotir olmay qo‘ydingiz.

·       O‘zgalarning muvaffaqiyatlarini qayd etishga qodirsiz.

·       Siz his eta olasiz va tuyg‘ularingizni o‘zgalar bilan o‘rtoqlashasiz.

·       Vaqt va kuchingizni sarflaydigan qiziqishlaringiz bor.

·       Xushomadni to‘g‘ri qabul qilasiz.

·       Hayotingizda intizorlik bilan kutadigan narsa va voqealar bor.

·       Erishgan maqsadlaringiz bor.

·       Boshqalarning g‘amiga sherik bo‘la olasiz.

·       Ishingiz bilan bog‘liqlikni sezyapsiz.

Sevasiz va boshqalarning muhabbatini ham qabul qilishga qodirsiz.

Mavzuga oid