O‘zbekiston | 17:00 / 30.12.2018
26377
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda g‘o‘zaning yangi navi yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy xodimi Tilov Muhiddinov g‘o‘zada noan'anaviy usullarga asoslangan kleystogam (yopiq) gulli Kleystogam-1 navini yaratdi. Bu yangi nav jahon paxtachiligi amaliyotida birinchi bor qo‘llanilayotgan yopiq-kleystogam gulligomozigot (95-98%) holatiga ega bo‘lgan nav hisoblanadi. Tezpisharligi, serhosil va turli kasalliklarga chidamliligi hamda bargining tabiiy to‘kilishi bilan alohida ahamiyatga ega, shuningdek, tabiiy chilpishlanishi uni defolyatsiyaga bo‘lgan ehtiyojini bartaraf qilishi bilan ajralib turadi, deya xabar beradi Fanlar Akademiyasi matbuot xizmati.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Bu nav xazmogam gulga nisbatan o‘zining mo‘'tadil yopiq guldagi namlikni o‘zida saqlash xususiyati tufayli changchilarda changlanish, otalanish hamda ularning hayotchanlik xususiyati ratsional foydalanish yo‘li bilan ijobiy sodir bo‘ladi. Bu esa fanda yangi elementlarning shakllanishiga olib keladi va seleksion-genetik omillar tufayli embriogenetik holat ijobiy tarzda o‘zgaradi. Demak, tabiiy holatda irsiyat va o‘zgaruvchanlik tufayli urug‘chilik va urug‘shunoslikda superelita, elita, R1, R2 va boshqalarni tayyorlash ishlari mutloq barqarorlashadi va osonlashadi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Ushbu navning tola chiqimi 31-33 foiz, tola uzunligi 41,5-42,5 mm, tolasi oq, tolasi 1 «A» sanoat tipiga ega bo‘lib, mikroneyri 4,0-4,1, jahon paxtachiligida birinchi bor qo‘llanilayotgan Respublikamiz va jahonda o‘xshashi yo‘q. Bu nav ekib ko‘rilganda Surxondaryo sharoitida 98-105 kun, Qashqadaryo sharoitida 105-110 kun, Toshkent sharoitida 113-115 kunda to‘liq pishib yetildi. Uning hosildorligi gektaridan 36-38 s/ga’ni tashkil etdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Mazkur navning superelita urug‘ini toza tizim va nav sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘paytirishga qo‘llash imkoniyati mavjud. Elita xo‘jaliklarda esa ko‘paytirish bilan bir qatorda belgilangan seleksion qonun-qoidalar asosida ushbu holat bilan bog‘liq bo‘lgan og‘ir mehnatni bartaraf qilish mumkin. Bu esa seleksiya va urug‘chilik ishlarida mutloq yangi yo‘nalishni olib kirishga sabab bo‘ladi. Natijada superelita urug‘ini ko‘paytirishning yangi va tezkor usuli hisobida elita urug‘chiligida ishlar qisqarib uning iqtisodiy samaradorligi va rentabellik darajasi bir necha bor keskin darajada ortadi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Shu bilan birlikda uning texnologik sifat ko‘rsatkichlari jahon standartlari talabiga mos bo‘lib, standart nav hisoblangan 9871-I’dan keskin farqlanadi. Paxtachiligimiz amaliyoti tarixida birinchi bor yaratilgan, yangi istiqbolli deb topilgan.

Mavzuga oid