Jahon | 07:52 / 03.01.2019
10343
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik qo‘shiqchi Kris Kelmi vafot etdi

Foto: RIA Novosti/Yekaterina Chesnokova

Rossiyalik taniqli qo‘shiqchi va bastakor Kris Kelmi 1 yanvarda Moskva viloyatidagi dala hovlisida vafot etdi. Qo‘shiqchi 64 yoshda bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, qo‘shiqchining tanasida zo‘ravonlik alomatlari bo‘lmagan. Shifokorlarning ma'lum qilishicha, qo‘shiqchining o‘limiga yurak to‘xtashi sabab bo‘lgan. 

Kelmi o‘zini yomon his qilgach, tez yordamda shifoxonaga yetkazilgan, biroq u yerda shifokorlar qo‘shiqchining vafot etganini qayd qilishgan.

Kris Kelmining asl ismi Anatoliy Arevich Kelmi bo‘lib, “Visokosnoye leto” va “Rok-Atele” kabi guruhlarga asos solgan. U ijro etgan qo‘shiqlardan eng mashhurlari “Zamikaya krug”, “Nochnoye randevu” va “Ustaloye taksi” kabilar hisoblanadi. 

Mavzuga oid