Jahon | 22:43 / 03.01.2019
5305
1 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlar Venetsiyaga kirganlik uchun 10 yevrogacha haq to‘laydilar

Foto: RIA Novosti / Ilona Golovina

Venetsiya rahbariyati shaharga tashrif buyuruvchilar unda tunab qolganlik uchun to‘lashlari kerak bo‘lgan sayyohlik solig‘ini shaharga kirganlik uchun to‘lanadigan to‘lov bilan almashtirishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi

2 yevrodan 5 yevrogacha (mavsum qizigan vaqtda 10 yevrogacha) bo‘lgan yangi to‘lovni shaharga bir necha soatga kelgan sayyohlar ham to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu qiymat aviachiptalar, kruizlar narxlari va yer usti transportidagi yo‘lkira qiymatiga qo‘shiladi.

Ma'lum qilinishicha, 2017 yilda 10 mln sayyoh Venetsiyaga sayyohlik solig‘i to‘lagan. Yangi yig‘im esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 27 mln sayyohni qamrab oladi.  

Bunda Venetsiya yiliga avvalgi 30 mln yevro o‘rniga 50 mln yevro daromad olishi kutilmoqda.

Mavzuga oid