Jahon | 08:25 / 08.01.2019
6315
1 daqiqa o‘qiladi

MasterCard o‘z logotipini o‘zgartirishga qaror qildi

Foto: Global Look Press/ZUMA/Joan Cros

MasterCard xalqaro to‘lov tizimi rahbariyati kompaniya logotipini o‘zgartirishga qaror qildi. Logotipdan kompaniya nomi “MasterCard” yozuvini olib tashlab, o‘zaro tutashuvchi qizil va sariq aylanalarnigina qoldirish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi xabar kompaniya saytida paydo bo‘ldi. 

Kompaniyada izoh berilishicha, ikkita aylana 50 yildan ko‘proq vaqtdan beri to‘lov tizimining taniqlik belgisi bo‘lib xizmat qilmoqda. 80 foizdan ko‘proq odam bu ramzni biror-bir yozuvsiz ham taniydi. 

“Raqamli texnologiyalar davridagi o‘zgarishlar zamonaviy oddiylikni talab qiladi”, deb tushuntirgan ushbu qarorni kompaniya vakili Raja Rajamannor.

MasterCard tizimi ayni vaqtda 210 davlatdagi 22 ming moliyaviy tashkilotni birlashtiradi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan. 

Mavzuga oid