Jahon | 08:47 / 09.01.2019
23305
1 daqiqa o‘qiladi
NASA sun'iy yo‘ldoshi Yerdan 23 marta og‘irroq bo‘lgan ekzosayyorani topdi
NASA’ning TESS sun'iy yo‘ldoshi Quyosh tizimidan tashqarida uchta tasdiqlangan ekzosayyorani aniqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, aniqlangan sayyoralardan biri Yerdan hajm bo‘yicha uch barobar katta hamda 23 marta og‘irroq keladi.
Ta'kidlanishicha, HD 21749b sayyorasi Yerdan 53 yorug‘lik yilida joylashgan.
Shu bilan birga, uning yuzasidagi harorat Tselsiy bo‘yicha 150 darajaga yetadi.
Avvalroq, SpaceX kosmosga ekzosayyoralar uchun teleskop-ovchi uchirgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Xitoy kosmik apparati Oyning teskari tomoniga qo‘ngandi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.12.2024
NASA zondi Quyoshga rekord darajada yaqinlashadi
15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi
22:00 / 13.12.2024
NASA yangi sun’iy yo‘ldoshi okean tubining eng batafsil xaritasini yaratdi
13:48 / 02.12.2024