O‘zbekiston | 14:14 / 21.01.2019
19148
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident farmoni bilan Qonunchilik palatasi spikeriga faxriy unvon berildi

Foto: president.kg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 yanvardagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni berildi.

Qonunchilik palatasi xabariga ko‘ra, N.Ismoilov 60 yoshni qarshi olgan.

Uning davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali faoliyati, mamlakatda qonun ijodkorligi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, davlat va jamiyat rivojiga oid qonun loyihalarini ishlab chiqish, parlament nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan bevosita muloqot asosida jamoatchilik fikri, joylardagi haqiqiy ahvolini chuqur o‘rganish, xalqimiz manfaatlari va farovonligini ta'minlash, keng ko‘lamli islohotlar ijrosini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari munosib baholanib, davlatning yuksak unvoni bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid