Yevroittifoq “Skripallar ishi” tufayli GRU rahbariga qarshi sanksiyalar joriy etdi
Yevroittifoq “Skripallar ishi” tufayli GRU rahbari, uning o‘rinbosari va ikki nafar xodimiga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
Bryusselning ta'kidlashicha, ular "2018 yil 4 martda Solsberida asabni falajlovchi zaharli moddani saqlash, olib borish va foydalanish" uchun javobgardirlar.
Shuningdek, Suriyadagi ilmiy-tadqiqot markazining besh nafar mansabdoriga nisbatan ham cheklovlar joriy etilgan.
Sanksiyalar Yevroittifoq mamlakatlariga kirishni taqiqlash va aktivlarni muzlatishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, YeIdagi jismoniy va yuridik shaxslarga sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganlarga mablag‘ taqdim etishi taqiqlangan.
Kremlning ta'kidlashicha, "Skripallar ishi" bo‘yicha ayblovlar asossizdir, chunki Moskvaga hech qanday dalil taqdim etilmagan.
Mavzuga oid
13:14 / 25.12.2024
El Pais: Kiyev YeIdan ukrainalik qochqinlarga to‘lovlarni qisqartirishni so‘ramoqda
16:03 / 20.12.2024
YeIning 15 ta davlati suriyaliklarning boshpana so‘rovini ko‘rib chiqmayapti
15:32 / 20.12.2024
Britaniya Gurjiston IIV rahbariyatiga qarshi sanksiyalar kiritdi
13:52 / 19.12.2024