Shanxayda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasining savdo maydonchasi ochildi
Shanxay shahrida Xitoyning Xinjiang Asia – Europe International Material Trade Center Co. LTD kompaniyasi negizida O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasining (“O‘zRTXB” AJ) savdo maydonchasi ochildi.
Savdo maydonchaning rasmiy ochilish marosimi 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.
Yangi savdo maydonchasi Milliy ko‘rgazma markazida joylashgan bo‘lib, shuni ta'kidlash lozimki, O‘zRTXB Kuytun va Urumchi shaharlarida ham qo‘shimcha savdo ofislariga egadir.
Xitoyda joylashgan birjaning savdo maydonchalarida birja va auksion savdolari orqali eksport-import operatsiyalar amalga oshirilishidan tashqari, O‘zbekiston va Xitoyning tovar bozorlarida faoliyat yuritishning turli yo‘nalishlari, shu jumladan logistika va biznesni axborot bilan ta'minlash kabi masalari bo‘yicha konsalting xizmatlari ham ko‘rsatadi.
Hozirgi paytda “O‘zRTXB” AJ ning yangi savdo nuqtalari orqali sotiladigan tovar pozitsiyalarning ro‘yxatini tuzish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Xitoyga eksport qilinadigan mahalliy mahsulotlarning dastlabki ro‘yxatiga energiya manbalari va neft mahsulotlari, polietilen, kimyo mahsulotlari, paxta tolasi va momig‘i kabi birja tovarlari kiritilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 35,2% ga o‘sib, 6,4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoyning ulushi 19% ni tashkil etib, Xitoy O‘zbekistoning asosiy savdo sherigi bo‘lib qoldi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023