Jamiyat | 10:20 / 27.01.2019
36065
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda maktab direktori o‘quvchini urdi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori D.B maktabning 11-sinf o‘quvchisi M.A.ni darsga kech qolgani uchun urgan. O‘smirning onasi ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasiga murojaat qilgan.

Ayol o‘z arizasida berilgan zarba o‘g‘lining quloq pardasini yirtib yuborganini bildirgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga tasdiqlashicha, ayni vaqtda Jarqo‘rg‘on tuman prokuraturasi jabrlanuvchining onasi bergan ariza asosida tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Tekshiruv davomida M.Aga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bosh prokuratura ushbu hodisa bo‘yicha jarayonni o‘z nazoratiga olgan.

Mavzuga oid