Shohjahon Ergashevdan WBA kamari olib qo‘yildi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashevning (15-0-0,14 KO) WBA International kamari olib qo‘yildi. Bu haqda Go Sport nashri xabar bermoqda.
Ayni vaqtda WBA chempionlik kamarlari ro‘yxatida Shohjahon Ergashevning ismi chiqarib tashlangan.
Shohjahon Ergashev 2018 yilning 28 aprel kuni xitoylik Jimin Vangga qarshi jangda ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, mazkur chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Shundan so‘ng u 3 marta ringga ko‘tarilgan bo‘lsada, kamar himoyasi uchun jang qilmadi.
Professional boks yo‘nalishlari qoidalariga ko‘ra, odatda chempionlik kamarini 3 oyda bir himoya qilish mumkin. Agar 6 oygacha bo‘lgan muddatda kamar himoya qilinmasa, bu o‘rin vakant sifatida qayd etilishi va yangi jang belgilanishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Shohjahon Ergashev WBA reytingida 5, IBF reytingida esa 12-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024