Jahon | 00:30 / 09.02.2019
27255
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda politsiyachilar rogatka bilan qurollantirildilar

Toj-Mahal hududida xizmat qiluvchi hind politsiyachilari sayyohlarni maymunlardan himoya qilish uchun antiqa qurol – rogatkalar oldilar. Bu haqda ATOR xabar berdi.

Shu bilan birga sayyohlarga muntazam hujum qiluvchi maymunlarni qirishga Hindiston qonunlari yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli politsiyachilarga xira maymunlarni haydash uchun rogatkalarni qo‘llashga ruxsat berilgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Agrada 10 mingga yaqin maymun bor bo‘lib, bevosita Toj-Mahal atrofida 500-700 maymun yashaydi. Maymunlar tajovuzkor bo‘lishiga qisman sayyohlarning o‘zi ham aybdor: ular maymunlar bilan o‘ynashishadi, ularga yegulik berib, u tugaganda esa maymunlarni haydashga tushishadi.  

Hindistonda har oy maymunlarning odamlarga kamida ikki marta hujum qilgani qayd etiladi. 2018 yil mayida Toj-Mahal yaqinida ikki fransiyalik sayyoh makakalar qurboniga aylangan. Keyinroq maymunlar tishlashidan britaniyalik sayyohga kuchli zarar yetgan. Noyabrda esa maymun mahalliy ayolning qo‘lidan emizikli chaqaloqni yulib olib, u bilan birga qochib, uylardan birining tomida tashlab ketgan. Chaqaloq olingan jarohatlardan vafot etgan.

Mavzuga oid