Jahon | 16:04 / 18.02.2019
22201
2 daqiqa o‘qiladi

«Sergey vafot etib bo‘lgan»: Skripalning jiyani bayonot bilan chiqdi

GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning jiyani Viktoriya Skripal so‘zlariga ko‘ra, sobiq harbiy olamdan ko‘z yumib bo‘lgan. Bu haqda u FAN’ga aytib o‘tdi.

Viktoriya Skripal fikricha, Britaniya OAVda Sergey Skripalning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida paydo bo‘la boshlagan yangiliklar shuni anglatadiki, London «ishni GRU sobiq polkovnigining o‘limi va dalillarni yo‘q qilishga qarab olib bormoqda».

«Hammasi bir yil oldin yozilgan ssenariy asosida ketmoqda. Bizga Skripallarni ko‘rsatishmayapti - ular sog‘ yoki kasal ekanini hech kim bilmaydi. Agar bizga Sergeyni ko‘rsatishmayotgan ekan, demak u o‘lishi kerak», - deya izoh berdi Skripalning qarindoshi.

Uning fikriga ko‘ra, shundan so‘ng Yuliya Skripal «janr mantig‘iga ko‘ra» otasining jasadini kuydirishi kerak bo‘ladi.

«Unga urna berishadi va uni onasi hamda akasi oldida ko‘mishni xohlaydi. Bor gap shu. Faqat, uning jasadi allaqachon kuydirilgan va urnada turibdi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Skripal.

Bundan tashqari, uning aytishicha, qarindoshlari olti oydan ortiq vaqtdan beri u bilan bog‘lanmagan. Ular Yuliya bilan so‘nggi marta 2018 yil 24 iyul kuni suhbatlashishgan.

Mavzuga oid