Jahon | 17:22 / 20.02.2019
20283
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu Putin bilan uchrashuvni bekor qildi

Foto: EPA

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun rejalashtirilgan safarini bekor qildi. Bu haqda Haaretz gazetasi xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, ular uchrashuv o‘rniga telefon orqali muloqot o‘tkazishadi. Keyinroq uchrashuv uchun yangi muddat tanlanadi. Qayd etilishicha, tashrif bekor qilinishi aprel saylovlari arafasidagi siyosiy vaziyat bilan bog‘liq.

The Jerusalem Post gazetasining ta'kidlashicha, uchrashuv har ikki tomon kelishuvi asosida bekor qilingan.

Netanyaxu va Putin 21 fevral kuni Moskvada uchrashishi kerak edi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgandi.

 

Mavzuga oid