Yevropaning sayohatlar uchun eng yaxshi shaharlari ma'lum qilindi
Vengriya poytaxti Budapesht 2019 yilda sayohatlar uchun Yevropaning eng yaxshi shahri deb topildi. Bu haqda yarim million foydalanuvchi o‘rtasida ularni Yevropaning qaysi sayyohlik yo‘nalishi eng ko‘p qiziqtirishini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazgan European Best Destinations (EBD) sayti ma'lum qildi.
Sayyohlar Budapeshtning boy arxitekturasi va tarixiy merosi, madaniyati, gastronomiyasi va termal hovuzlarini yuqori baholashgan.
Reytingning 2-o‘rnidan Portugaliyaning Braga, 3-o‘rnidan Italiyaning Monte-Izola shaharlari joy olgan. Yetakchi 15 talikka Fransiyaning Mets, Polshaning Poznan, Ispaniyaning Malaga, Shveytsariyaning Jyeneva, Xorvatiyaning Tsavtat, Slovakiyaning Bratislava, Fransiyaning Sent-Maksim, Belgiyaning Dinan, Gretsiyaning Afina, Chernogoriyaning Kotor, Latviyaning Riga va Italiyaning Florensiya shaharlari kirgan.
“Dunay javohiri – bu nafaqat Yevropaning eng yaxshi turistik yo‘nalishi, balki dunyodagi eng chiroyli va xavfsiz shaharlaridan biridir. Budapesht Parijning bashangligi, Venaning me'moriy merosi, Portuning fusunkorligi va Stohkolmning turmush tarzini taklif etadi”, deb yozgan sayt.
Mavzuga oid
21:17 / 18.12.2024
Reuters: YeI davlatlari Ukrainaga 100 ming nafargacha tinchlikparvar kuchlarni yuborishni muhokama qilmoqda
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
12:33 / 13.12.2024