Jahon | 12:14 / 02.03.2019
29034
2 daqiqa o‘qiladi

Skripallar qanday qilib tirik qolgani tushuntirib berildi

Foto: REUTERS

«Novichok» asab-falajlovchi moddasini tadqiq etishda qatnashgan olim Vil Mirzayanov GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya kimyoviy modda ta'siridan nega halok bo‘lmaganini aytib berdi. Bu haqda u Facebook’dagi o‘z sahifasida yozgan.

Zaharlovchilar tomonidan ishlatilgan shisha sxemasiga ko‘ra, uning ichida zaharli modda bo‘lgan alohida joy mavjud edi. Mirzayanovning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi uni qo‘llashdan avval «Novichok»ning to‘liq va tezkor sintezi uchun bu alohida joydan markaziy trubkani o‘tkazishi hamda shisha idishni bir necha marta silkitishi lozim bo‘lgan».

Olimning xulosa qilishicha, zaharlovchi shaxsda, aftidan, reaksiya tugashini kutishga yetarlicha vaqt bo‘lmagan: u shisha idishni yomon silkitgan, voqea sodir bo‘lgan kunda havo harorati esa reaksiya muvaffaqiyatli o‘tishi uchun ancha past edi. «Bu shisha ichidagi «Novichok» moddasining past konsentratsiyasi yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa, eshik tutqichiga nisbatan past bo‘lgan, ya'ni «Novichok»ning kishini o‘ldirilmaydigan darajadagi konsentratsiyasi qo‘llangan. Aynan shuning uchun ham Skripallar halok bo‘lmagan», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripalning jiyani bayonot bilan chiqib, Sergey Skripal vafot etib bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid