Jahon | 08:54 / 04.03.2019
8157
2 daqiqa o‘qiladi

Sergey Skripalning onasi o‘g‘li zaharlangani haqida bilmaydi

Foto: PETER NICHOLLS/REUTERS

GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning jiyani bo‘lgan Viktoriya Skripal so‘zlariga ko‘ra, uning onasi Yelenaga o‘g‘li zaharlangani haqida aytishmagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 90 yoshli Yelena Skripalga o‘g‘li va nabirasi Yuliya Buyuk Britaniyada bedarak yo‘qolgani haqida ma'lum qilishgan.

«Unga Yuliya va Sergey Buyuk Britaniyada izsiz yo‘qolgani, biz ular qayerda ekanligini bilmasligimiz haqida xabar berildi. U shunday dedi: men bu dunyoda nimalar sodir bo‘layotganini tushunmayapman, va nima uchun aynan ular», - deya ma'lum qildi Viktoriya Skripal.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripalning onasi o‘g‘lini bedarak yo‘qolgan deb tan olishni talab qilgandi.

Yelena Moskva politsiyasiga 2018 yil mart oyida Solsberida zaharlangan o‘z qarindoshlarini bedarak yo‘qolgan deb tan olishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.

Bundan oldin, Skripallar qanday qilib tirik qolgani tushuntirib berilgandi.

Mavzuga oid