Light | 16:11 / 07.03.2019
16350
3 daqiqa o‘qiladi

O‘rtacha millionerlarning kundalik odatlari

Oylik maoshni ishlab topib, aql bilan sarmoya kiritib va xarajatlarni kirim darajasidan kam holatda bo‘lishini ta'minlab, mablag‘ orttirish mumkin. Muhimi, shaxsiy tamoyil va odatlarga amal qilish. Quyida salbiy fikrlardan uzoqlashib, ijobiylari haqida o‘ylash va millionerga aylanish imkonini beruvchi kunlik odatlar keltirilgan.

Foto: Unsplash

1. Shaxs sifatida rivojlanish uchun mutolaa qilishadi.

O‘taketgan kitobxon bo‘lish. O‘rtacha millioner uchun mutolaa rivojlanish va o‘rganishda yordam beradi. Tomas Kroulining tadqiqotlariga ko‘ra, mustaqil pul ishlab topadigan millionerlar oyiga ikki yoki undan ortiq kitob o‘qishadi.

Shoshilmasdan o‘qish uchun vaqt va joy bo‘lishiga qaramay, millionerlar shaxs sifatida rivojlanishda yordam beradigan kitoblarni o‘qishadi. U yo‘riqnoma, biografiya, o‘z-o‘ziga yordam berish, yetakchilik yoki joriy voqealar kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.

Foto: Unsplash

2. Ular daromadlarning bir necha manbalarini yaratishadi.

O‘rtacha millioner birgina daromad manbai bilan cheklanib qolmaydi. Ular daromadning bir necha oqimiga ega. Shunday qilib, ular har qanday iqtisodiy inqirozlarni yengib o‘tishlari, shuningdek yanada ko‘proq pul ishlab topishlari mumkin.

Ko‘p hollarda bu passiv daromadning mavjudligini ko‘zda tutadi. Bu kreditlar bo‘yicha foizlar, investitsiyalardan dividendlar, mablag‘ning o‘sishi, royalti yoki ijaradan keladigan kirimlar bo‘lishi mumkin. Kirimning boshqa manbalari esa faol ishni ko‘zda tutmaydigan, masalan veb-saytdan foydalanish, informatsion mahsulotlarni sotish kabi qo‘shimcha biznesning tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Foto: Unsplash

3. Ular har oylik rejalashtirilgan budjet asosida yashaydilar.

Millionerlar o‘z pullarini omad tufayli ishlab topishmagan. Ular bank hisob raqamlariga har oyda keladigan va ketadigan narsani tushunish uchun vaqt ajratishgan. Boshqacha qilib aytganda, ular har oylik belgilangan budjet asosida yashaydilar.

Budjet keraksiz xarajatlarni bartaraf etish va moliyaviy kelajakni butunlay nazorat qila oladi. Bundan tashqari, har oylik budjet xarajatlarning ortib ketishining oldini olib, millionerlarga ular o‘z oldiga qo‘ygan moliyaviy maqsadlarga erishish imkonini beradi.

Foto: Unsplash

4. Ular qarzlarni chetlab o‘tishadi.

Badavlat kishilar qarzlarni chetlab o‘tishadi. Ular kamtarona hayot kechirishadi, xaridlar vaqtida haqiqatan ham to‘lay oladigan narsalarini sotib olishadi. Shu yo‘l bilan ular katta foiz stavkalarini to‘lashmaydi.

Mavzuga oid