Sport | 07:15 / 16.03.2019
12085
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Foto: Getty Images

Xitoy Futbol Federatsiyasi italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroga terma jamoani topshirdi.

France 24 xabariga ko‘ra, «Guanchjou Evergrand»ning 45 yoshli ustozi mart oyi oxirida o‘tkaziladigan China Cup xalqaro turniri davomida Xitoy terma jamoasini vaqtinchalik boshqaradigan bo‘ldi.

Avvalroq, Xitoy terma jamoasiga gollandiyalik mutaxassis Guus Hiddink tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo u mart oyi oxirida Xitoy olimpiya terma jamoasi bilan Tokio 2020 olimpiadasi saralashida ishtirok etadi. Shundan so‘ng, milliy terma jamoada ish boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, China Cup turnirida Ektor Kuper rahbarligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz 22 mart kuni yarimfinalda Urugvay terma jamoasi bilan bellashadi. Xitoy terma jamoasi esa Tailand bilan o‘ynaydi.

Mavzuga oid