Light | 10:55 / 22.03.2019
33185
2 daqiqa o‘qiladi

Hayot davomiyligini uzaytirishda ochlikning samarasi isbotlandi

Foto: Globallookpress.com

Garvard tibbiyot maktabi (AQSh) olimlari nima uchun kaloriya iste'molining kamayishi hayotni uzaytirishini aniqladilar. Ma'lum bo‘lishicha, bu bog‘liqlik immunitet tizimi faolligidagi o‘zgarishlar orqali amalga oshadi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar erkin yashovchi qurtlar - Caenorhabditis elegans nematodlarida tajribalar o‘tkazishdi. Mutaxassislarning aniqlashicha, organizmga kelib tushuvchi uglevodlar kamayishi r38 oqsilini bostirish orqali tabiiy immunitetning pasayishiga turtki beradi. Tabiiy immunitet infeksiyaga qarshi kurashadi, ammo uning katta yoshda kuzatiluvchi haddan tashqari faolligi surunkali yallig‘lanish va qarishga olib keladi.

P38 butunlay faolsiz bo‘lganida, kaloriyalar cheklanishi immunitetga ta'sir ko‘rsatmaydi. Biroq, bu oqsilning past faolligida yallig‘lanish jarayonlarini eng maqbul darajaga qadar bosib turuvchi genetik yo‘llar ishga tushadi. Shuningdek, olimlarning aniqlashicha, insulinga o‘xshash 1 o‘sish omili (IGF1) ishtirok etadigan, signal yo‘lining bostirilishi ishtaha pasayishiga olib keladigan zanjirli reaksiyani yuzaga keltiradi. Bu IGF-yo‘li hayot davomiyligi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatgan avvalgi tadqiqotlar natijalariga aniqlik kiritadi.

Mavzuga oid