Merkel YeI "Ipak yo‘li" loyihasida faol ishtirok etishini aytdi
Germaniya kansleri Angela Merkel "Ipak yo‘li" loyihasi judayam muhimligini va yevropaliklar unda faol ishtirok etmoqchiligini aytdi.
"Men "Ipak yo‘li" loyihasini juda muhim deb hisoblayman. Biz, yevropaliklar bu loyihada faol ishtirok etishni istaymiz", - dedi Merkel Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, XXR raisi Si Tszinpin va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YeI-Xitoy sammiti arafasidagi uchrashuvida.
Xitoy 2013 yilda Yevrosiyo davlatlari o‘rtasida infratuzilma yaratish va o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan “Bir kamar, bir yo‘l” iqtisodiy rivojlanish strategiyasini e'lon qilgan. Strategiya rivojlanishning ikkita muhim yo‘nalishini o‘z ichiga oladi: Ipak yo‘li iqtisodiy kamari va dengiz Ipak yo‘li.
Mavzuga oid
13:14 / 25.12.2024
El Pais: Kiyev YeIdan ukrainalik qochqinlarga to‘lovlarni qisqartirishni so‘ramoqda
16:03 / 20.12.2024
YeIning 15 ta davlati suriyaliklarning boshpana so‘rovini ko‘rib chiqmayapti
13:52 / 19.12.2024
YeI sudi Deripaska va ikki bankni sanksiyalar ostida qoldirdi
15:20 / 18.12.2024