Jahon | 23:27 / 26.03.2019
22028
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya kelgusi 20 yil davomida AQSh uchun tahdid bo‘lishi aytildi
Rossiya kelgusi 20 yil davomida AQShga tahdid solib turadi. AQSh quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i general Mark Milli kongressdagi chiqishi chog‘ida ana shunday bayonot berdi.
Uning qayd etishicha, Rossiya buyuk davlat maqomini qaytarib olishga urinadi va AQSh bilan nafaqat Yevropa, balki Yaqin Sharq, Arktika, Osiyo, Afrika va G‘arbiy yarimsharda raqobat qiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya NATOni parchalab tashlaydi va Yevropa hamda Amerika hududida kelishmovchiliklar paydo qiladi.
Milli Vashingtonning yana bir raqibi sifatida Xitoyni ko‘rsatgan. Uning e'tirof etishicha, AQSh bu davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga kirishmaydi.