Jamiyat | 09:57 / 28.03.2019
8165
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent moliya institutida Malayziya bilan qo‘shma fakultet ochildi

2019 yil 26 mart kuni Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Bayneriy universiteti  (Binary University of Management & Entrepreneurship) o‘rtasida tashkil etilgan “Binary Graduate School” qo‘shma fakultetining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbar-xodimlari, Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari, Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Hendi Assan va Malayziyaning Bayneriy universiteti prezidenti Tan Sri Dato professor Jozef Adaikalam, universitet rektori, professor Sulochana Nair va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Gilbert Alvin hamda Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirok etdilar. 

Mazkur qo‘shma fakultetda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Master of  Business administration (MBA), MSc in Accounting & Finance (by research), MSc in Information Technology Management kabi ta'lim mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash belgilab olingan. 

O‘qishga qabul magistrantlarga 1+1 dasturi yoki dastur davomida istalgan 1 semestrni Malayziyada tahsil olish imkoniyatlari yaratiladi. Mazkur qo‘shma fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom berish amaliyoti joriy etiladi. 

 

Mavzuga oid