“O‘zbekenergo” AJ raisi o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi o‘zi tahsil olgan 5-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga 150 turdan ortiq kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi, deb xabar beradi “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati.
Shuningdek, jamiyat raisi maktabga tashrifi davomida ta'lim muassasasi mehnat jamoasi va o‘quvchilar bilan kitobning inson shaxsi va ma'naviyati shakllanishidagi ahamiyati xususida uchrashuv ham o‘tkazdi.
— Bugun maktabimizni a'lo baholarga tugatgan sobiq o‘quvchimiz, “O‘zbekenergo” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyev maktab kutubxonasi fondi uchun kitoblar sovg‘a qildi, — deydi maktab direktori To‘lqin Egamnazarov. —To‘g‘risi, bunday sovg‘adan juda ham xursand bo‘ldik. Albatta, rahbarlarimizning bunday xayrli ishlari kelajakda o‘z mevasini bermasdan qolmaydi.
Shu bilan bir qatorda,“O‘zbekenergo” AJ raisi tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari uchun “Jizzax hududdiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ mutasaddilari ishtirokida “Ma'naviyat soatlari” doirasida “Energotejamkorlik – davr talabi” mavzusida ma'naviyat darsi o‘tib berildi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024
Manba: Jizzax viloyati hokimi ishdan olingan
14:11 / 16.01.2023
Video: Prezident energetika sohasi mas’ullarini tanqid qildi
10:55 / 27.08.2021