Light | 10:04 / 07.04.2019
63373
2 daqiqa o‘qiladi

Qon bosimini pasaytiruvchi mahsulotlar ma'lum qilindi

Foto: IZVeSTIYa/Aleksey Mayshev

Gipertoniya – yuqori qon bosimi boshqa kasalliklarning zo‘rayishi va paydo bo‘lishi xavfini ancha oshirishi mumkin. Shu sababli qon bosimini nazorat qilish va uni dori vositalarisiz pasaytirishni bilish muhimdir. Bu haqda Express nashri yozmoqda.  

Nashr tomonidan so‘ralgan shifokorlar yuqori qon bosimini pasaytirishda yordam beruvchi mahsulotlarni ma'lum qilishgan.

Tavsiyalarga ko‘ra, bunda tuz iste'molini cheklash va o‘z ratsionini kaliyga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan boyitish foydali bo‘ladi. Kaliy organizmga suyuqlikni samaralirok chiqarishga va buning natijasida qon bosimi pasayishiga yordam beradi.

Kaliy shirin kartoshka, banan, tomat sousi, apelsin sharbati va tunets balig‘ida ko‘p miqdorda saqlanadi.

“Biroq haddan ko‘p kaliy ham zararli bo‘lishi mumkin, shu sababli bunda ehtiyotkor bo‘ling”, deb ogohlantirishgan shifokorlar.

Jumladan, ular buyrakda muammolarga ega odamlarga kaliy iste'molini ko‘paytirishni tavsiya qilishmaydi.

Shuningdek, qon bosimini pasaytirishda oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari jismoniy mashg‘ulotlar ham yaxshi samara beradi. Har kuni 2 soatlik jismoniy faollik yurak va tomirlarni yaxshi holatda saqlaydi va vazn tashlashga yordam beradi, bu ham o‘z navbatida qon bosimini pasaytiradi.  

Mavzuga oid